Today

⚡️ Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyati hokimining birinchi o‘rinbosarini ishdan oldi

⚡️ Prezident Buxoro hokimining birinchi o‘rinbosarini ishdan oldi

Buxoro viloyat hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – viloyat iqtisodiyot va moliya boshqarmasi boshlig‘i Botir Ilhomovich Ahmedov soliq tushumi bo‘yicha korxonalar bilan yetarli ishlamagani uchun lavozimidan ozod etildi.

Bu haqda bugun, 21 iyul kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan joriy yilning birinchi yarmida erishilgan natijalar va yil yakunigacha qilinadigan ishlar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.