⚡️Markaziy bank omonat foizlariga soliq haqidagi xabarlarga izoh berdi
🏦 Markaziy bank rasmiy bayonoti
Ijtimoiy tarmoqlarda bank omonatlaridan olinadigan foiz daromadlariga soliq solish masalasi yuzasidan tarqalayotgan xabarlar bo‘yicha Markaziy bank quyidagilarni ma’lum qiladi:
🔘Mazkur masala yuzasidan bildirilgan fikr Fiskal tahlillar instituti tomonidan o‘tkazilgan ilmiy-tahliliy tadqiqot doirasida ilgari surilgan. Ilmiy-tadqiqot muassasalari xalqaro tajriba va iqtisodiy jarayonlarni muntazam o‘rganib, turli tahliliy takliflarni ilgari surishi tabiiy.
🔘Mazkur fikr ilmiy-tadqiqot natijalari taqdimoti doirasida bildirilgan bo‘lib, rasmiy taklif sifatida kiritilmagan.
🔘Markaziy bank takliflarni o‘rganishda ularning moliyaviy resurslar qiymatiga, banklarning resurs bazasi hamda moliyaviy barqarorlikka ta’sirini kompleks baholashga alohida ahamiyat qaratadi.
📍Markaziy Bank, 30.07.2026