June 22

Suv servituti huquqini bilasizmi?

Suv servituti huquqini bilasizmi?

Servitut huquq o‘zi nima? O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 173-moddasiga ko‘ra, Ko‘chmas mulk (yer uchastkasi, boshqa ko‘chmas mulk) egasi qo‘shni yer uchastkasining egasidan, zarur hollarda esa — boshqa yer uchastkasining egasidan ham o‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish (servitut) huquqini berishni talab qilishga haqlidir.

O‘zganing yer uchastkasidan piyoda va transportda o‘ta olishni ta’minlash, elektr uzatgich, aloqa va quvur liniyalarini o‘tkazish va ulardan foydalanish, suv bilan ta’minlash uchun, shuningdek ko‘chmas mulk egasining ehtiyojlarini servitut belgilamay turib ta’minlanishi mumkin bo‘lmagan boshqa ehtiyojlarini qondirish uchun servitut belgilanishi mumkin.

Yaqinda qabul qilingan Suv kodeksi bilan suv servituti tushunchasi paydo bo‘ldi. Bu tushuncha qanday maqsadlarda ishlatilishi mumkin.

Suv kodeksiga ko‘ra, suv servituti quyidagi maqsadlarda belgilanishi mumkin:
suvdan umumiy foydalanish;
fuqarolar va transport vositalarining o‘tishi;
hayvonlarni sug‘orish va chorva mollarini haydab o‘tish;
suv obyektlaridan kichik hajmli kemalar uchun suv yo‘llari sifatida foydalanish;
sohil bo‘yi zonalaridan erkin foydalanishni, shu jumladan undan o‘tishni ta’minlash.
Suv servituti qonunchilikka muvofiq boshqa maqsadlarda ham belgilanishi mumkin.
Suv servituti ommaviy suv servituti va xususiy suv servituti shaklida bo‘lishi mumkin.

Ommaviy suv servituti suvdan umumiy foydalanish huquqiga tenglashtiriladi hamda davlat va fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, mahalliy aholining manfaatlarini ta’minlash uchun jamoat manfaatlari inobatga olingan holda belgilanadi.

Xususiy suv servituti tanho foydalanishga berilgan suv obyektlariga nisbatan belgilanadi.
Ommaviy suv servituti suv obyektlariga yoki ularning qismlariga nisbatan, shu jumladan lotokli va boshqa usti qoplangan sug‘orish tarmog‘iga nisbatan qo‘llaniladi.
Ommaviy suv servituti suv servitutining belgilanishiga ehtiyoji bo‘lgan shaxslar hamda suv obyekti yoki uning bir qismi va sohil bo‘yi mintaqasi joylashgan yer uchastkasining egasi, undan foydalanuvchi, uning ijarachisi o‘rtasida kelishuv mavjudligi-mavjud emasligidan qat’i nazar, agar ushbu shaxslar bunday huquqdan yer uchastkasi boshqa shaxsga mulk qilib berilguniga qadar foydalangan bo‘lsa, belgilanadi.

Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari ommaviy suv servituti belgilanishini ta’minlashi shart.

Boshqa hollarda, suv servituti kimlarning manfaatlarini ko‘zlab suv servituti belgilanayotgan bo‘lsa, o‘sha shaxslar hamda suv obyekti yoki uning bir qismi joylashgan yer uchastkasining egasi, undan foydalanuvchi, uning ijarachisi o‘rtasidagi kelishuv bo‘yicha, kelishuvga erishish imkoni bo‘lmagan taqdirda esa sudning qaroriga ko‘ra belgilanadi.