Peshku tumani hokimi va uning o‘rinbosarlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarni shaxsiy qabul qilish jadvali
Peshku tumani hokimi va uning o‘rinbosarlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarni shaxsiy qabul qilish jadvali tasdiqlandi!
Reja jadvali asosida:
🔹Davlatov Hayot Hasanovich — Peshku tumani hokimi har haftaning juma kuni soat 09:00-13:00 ga qadar;
🔹Ergashev Omonjon Komiljonovich — tuman hokimining moliya-iqtisod va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari-tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i har haftaning dushanba kuni soat 10:00-13:00 ga qadar;
🔹Bozorov Sherzod Rahimovich — tuman hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalalari bo‘yicha o‘rinbosarining qabuli har haftaning seshanba kuni soat 10:00-13:00 ga qadar;
🔹Rajabov Azamat Bahronovich - tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarining qabuli har haftaning chorshanba kuni soat 10:00-13:00 ga qadar;
🔹Xamroyev Fayoziddin Fazlidinovich - tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarining qabuli haftaning payshanba kuni soat 10:00-13:00 ga qadar;
🔹Xodjaqulova Shirin O‘lmasovna - tuman hokimining o‘rinbosari-oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘ining qabuli haftaning juma kuni soat 14:00-16:00 ga qadar;
🔹Abdullayev Bobur Baxodirovich — tuman hokimining o‘rinbosari - investisiyalar, sanoat va savdo bo‘limi boshlig‘ining qabuli har haftaning payshanba kuni soat 14:00-16:00 ga qadar;
Eslatib o‘tamiz, jismoniy va yuridik shaxslar uchun fuqarolar qabuli tuman Xalq qabulxonasida bo‘lib o‘tadi.
Qabullarga muammosi va taklifi bo‘lgan barcha fuqarolarni taklif etamiz.
☎️ Murojaatlar uchun telefon raqamlar:
+998653531000