August 9

⚡️2026-yil II chorak davomida Markaziy bankka to‘g‘ridan-to‘g‘ri va boshqa davlat organlari orqali banklar faoliyati yuzasidan jami 11 331 ta murojaat kelib tushgan

Markaziy bank 2026-yil II chorak yakunlari bo‘yicha bank xizmatlari sifatini oshirish va mijozlar manfaatlarini ta’minlash maqsadida banklar faoliyati yuzasidan kelib tushgan murojaatlarni tahlil qildi

🔘2026-yil II chorak davomida Markaziy bankka to‘g‘ridan-to‘g‘ri va boshqa davlat organlari orqali banklar faoliyati yuzasidan jami 11 331 ta murojaat kelib tushgan.

🔘Mijozlar soniga nisbatan murojaatlar ulushining yuqori bo‘lishi quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratish zarurligini ko‘rsatadi:
✔️ mijozlarga bank mahsulotlari va xizmatlari bo‘yicha yetarli tushuntirish berish;
✔️ murojaatlarga o‘z vaqtida va sifatli javob taqdim etish;
✔️ takroriy murojaatlarga sabab bo‘layotgan tizimli kamchiliklarni bartaraf etish;
✔️ mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifati va ichki nazorat mexanizmlarini kuchaytirish.

🔘Shu munosabat bilan banklarga ko‘rib chiqish uchun kelib tushgan murojaatlar sabablarini chuqur tahlil qilish, ularni ko‘rib chiqish jarayonlarini takomillashtirish hamda mijozlar manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan choralarni kuchaytirish tavsiya etiladi.

Eslatma: mazkur indeks bankning moliyaviy barqarorligi yoki ishonchliligini baholamaydi. U faqat mijozlar soniga nisbatan kelib tushgan murojaatlar ulushini aks ettiradi. Chorak davomida 100 tadan kam murojaat kelib tushgan banklar bo'yicha indeks hisoblanmaydi.