Today

⚡️ Yil boshidan mamlakatimiz iqtisodiyoti 8,5 foizga o‘sgan

Prezidentimiz raisligida joriy yilning birinchi yarmida erishilgan natijalar va yil yakunigacha qilinadigan ishlar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.

Davlatimiz rahbari so‘zga chiqadigan rahbarlar faqat hisobot bilan cheklanmasdan, qanday yangi zaxiralar topgani, ularni ishga solish bo‘yicha qanday tizim tashkil etayotgani va yil yakunigacha qanday natijaga erishishini aniq tushuntirishi zarurligini qayd etdi. Shuningdek, global vaziyat o‘zgarib borayotgan hozirgi sharoitda har bir rahbar qo‘shimcha ssenariylar bilan ishlashi shartligi ko‘rsatib o‘tildi.

Yil boshidan mamlakatimiz iqtisodiyoti 8,5 foizga o‘sdi. Sanoatda 8 foiz, xizmatlarda 16,9 foiz, qurilishda 13,8 foiz, qishloq xo‘jaligida 4,7 foiz o‘sish ta’minlandi.

Investitsiyalar hajmi 28 milliard dollarga, eksport 14,4 milliard dollarga yetdi. Nufuzli “Fitch” va “Moody’s” xalqaro reyting agentliklari mamlakatimiz suveren kredit reytingini bir pog‘ona yaxshiladi.

Shu bilan birga, davlatimiz rahbari 40 millionli aholi hayotini yaxshilash uchun 9-10 foizli iqtisodiy o‘sish zarurligini ta’kidladi.