⚡️“Uzbekistan Airways” reyslar orasi uzoqligi va kechikishlar ko‘pligi hamda texnik xizmatda raqobat yo‘qligi sababli 120 million dollar daromad boy berilayotgani aytildi
Strategik korxonalar xarajatlari ham alohida tahlil qilindi.
Oldin tarmoqlar umumiy xarajatlarni foizda qisqartirib, tannarx kamaygani haqida hisobot berar edi.
Bir birlik mahsulot tannarxi bo‘yicha tahlil esa haqiqiy holatni ko‘rsatib berdi.
Masalan, Navoiy kon-metallurgiya kombinatida 1 unsiya oltin tannarxi 8,2 foizga oshgan.
Jami xarajatlar o‘tgan yilga nisbatan 6,2 trillion so‘mga yoki 22 foizga ko‘paygan.
O‘zbekiston metallurgiya kombinatida po‘lat sharlar ishlab chiqarish tannarxi 5,4 foizga, “O‘zkimyosanoat”da karbamid bo‘yicha 11,1 foizga, ammiakli selitra bo‘yicha 8,3 foizga oshgan.
“Franklin Templeton” IPOga chiqishi kerak bo‘lgan 13 ta yirik kompaniyani tahlil qilib bergani qayd etildi.
“Uzbekistan Airways” misolida marshrutlar optimal tanlanmagani, reyslar orasi uzoqligi va kechikishlar ko‘pligi, keytering hamda texnik xizmatda raqobat yo‘qligi sababli 120 million dollar daromad boy berilayotgani ko‘rsatib o‘tildi.