⚡️2026 yil yakunigacha temir yo‘l infratuzilmasi uchun Jahon bankidan 200 million dollar jalb qilish bo‘yicha kelishuvga erishish vazifasi qo‘yildi
Tashqi savdo yuklarining 70 foizi, ya’ni 46 million tonnasi temir yo‘l orqali tashiladi.
Shu bilan birga, ushbu yo‘nalishda tadbirkorlardan e’tirozlar ko‘pligi qayd etildi.
Yil boshidan sement ishlab chiqaruvchilar yuk tashish uchun so‘ragan 2 ming 800 ta vagon yetkazib berilmagan.
Ikkinchi yarim yillikda qo‘shimcha 1 ming 300 ta yuk vagoni ishlab chiqarish rejasi ham yetarli emasligi aytildi.
Mutasaddilarga o‘n kunda hamkor davlatlarda bo‘sh turgan 10 mingta vagonni xususiy sektor bilan birgalikda olib kelish bo‘yicha hisob-kitob tayyorlash topshirildi.
Shu bilan birga, “Angren – Pop”, “Toshg‘uzor – Qumqo‘rg‘on” va “Toshkent – Samarqand” temir yo‘l liniyalari ortiqcha yuklama bilan ishlayotgani qayd etildi.
Yil yakunigacha temir yo‘l infratuzilmasi uchun Jahon bankidan 200 million dollar jalb qilish bo‘yicha kelishuvga erishish vazifasi qo‘yildi.
Bosh prokuraturaga yuk vagonlarini ko‘paytirishga ajratilgan mablag‘larning ishlatilishi va tadbirkorlarga vagon ajratilishi tizimini o‘rganib, uni shaffof qilish bo‘yicha taklif kiritish topshirildi.