⚡️Hozir banklar balansida 9 trillion 300 milliard so‘mlik 2 ming 411 ta mol-mulk sotilmay turibdi - prezident
Hozir banklar balansida 9 trillion 300 milliard so‘mlik 2 ming 411 ta mol-mulk sotilmay turibdi.
Har bir obyektning bank balansida asosli turgani tahlil qilinadi. Xaridori bor, lekin sun’iy ushlab turilgan obyektlar bo‘yicha qonun ustuvorligi ta’minlanadi.
Ayrim hududlarda import eksportdan tezroq o‘sib borayotgani ham tanqid qilindi.
O‘tgan yili import eksportga nisbatan Toshkent viloyatida 1,9 milliard dollarga, Samarqandda 1,4 milliard dollarga ko‘p bo‘lgan.
Andijonda bu farq 866 million dollar, Jizzaxda 792 million dollar, Buxoroda 662 million dollarni tashkil etgan.
Davlatimiz rahbari har bir hokim bunday holatni chuqur o‘rganishi va import o‘rnini bosuvchi hamda eksportbop ishlab chiqarishni ko‘paytirish bo‘yicha aniq chora ko‘rishi shartligini ta’kidladi.