August 9
Peshku tuman hokimi Omonjon Ergashevning qurilish sohasi xodimlariga bayram tabrigi
Peshku tuman hokimi Omonjon Ergashevning qurilish sohasi xodimlariga bayram tabrigi
Assalomu alaykum, hurmatli quruvchilar!
Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 7-avgustdagi PF-5136-sonli Farmonlariga asosan 2017-yildan boshlab avgust oyining ikkinchi yakshanba kuni “O‘zbekiston Respublikasi qurilish sohasi xodimlari kuni” deb e’lon qilingan.
Shu munosabat bilan Siz, azizlarni — mamlakatimiz hamda tumanimiz qurilish sohasini ravnaq toptirishga munosib hissa qo‘shib kelayotgan barcha yurtdoshlarimizni bugungi kasb bayramingiz — Qurilish sohasi xodimlari kuni bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman.
Yurtimiz va tumanimiz obodligi, xalqimiz farovonligi yo‘lida olib borayotgan xayrli ishlaringizda doimo yutuq va muvaffaqiyatlar yor bo‘lsin!